2024.12.21 G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
50 nafarga yaqin kishini chuv tushirib, ularning turli rusumdagi mashinalarini bojxona chegara posti orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketgan Abdulla Abdurasulovning ikki jinoiy sherigiga sud hukmi o‘qildi. Chegara orqali chiqarib yuborilgan avtomobillar taqdiri ochiq qolgan. Uning o‘zi esa hamon ochiqda. kun aniqlashicha Abdurasulov ushlangan. Ammo negadir Chirchiq shahar IIB tergovchisi uni qo‘yib yuborgan.
Odamlarning mashinasini bo‘lib to‘lash sharti bilan olib, Qozog‘istonga o‘tkazib sotib yuborish bo‘yicha jinoiy sxema tuzgan Abdulla Abdurasulov haqida ikki qismli katta surishtiruvni tomosha qilgan bo‘lsangiz kerak
Yirik uyushgan guruhning asosiy figuranti bo‘lgan va ayni paytda ochiqda qolayotgan Abdulla Abdurasulovning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. kun sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan Anvar Mingishev hamda 1992 yilda tug‘ilgan Baurjan Hakimbayev Abdulla Abdurasulovning jinoiy sheriklari bo‘lgan. Jinoiy guruh aldov yo‘li bilan odamlardan “vykup”ga mashina sotib olgan. So‘ngra ushbu mashinalarni chegara postlari orqali Qozog‘istonga o‘tkazib, u yerdagi jinoiy sheriklari orqali qalbaki hujjatlar yordamida Qozog‘iston fuqarolariga sotib yuborishni maqsad qilgan.
Jinoiy guruhga Abdulla Abdurasulov rahbarlik qilgan. U Anvar Mingishev hamda Baurjan Hakimbayevga bajarishlari lozim bo‘lgan vazifalarini taqsimlab bergan.
Jumladan, Abdulla Abdurasulov qo‘lga kiritilgan mashinalarni Qozog‘istonga olib o‘tib, jinoiy guruhning u yerdagi boshqa a’zolari bilan qalbaki hujjatlar tayyorlash orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda sotib yuborishni tashkil qilgan.
Anvar Mingishev hamda Baurjan Hakimbayev esa O‘zbekistonda sotilishi to‘g‘risida e’lon berilgan mashinalarning egalari bilan suhbatlashib, transport vositasini bo‘lib to‘lash sharti asosida sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. So‘ngra mashinalarning egalari bilan ko‘rishib, boshlang‘ich to‘lov bergan holda oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishga ishontirgan. Boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma rasmiylashtirib olganlaridan so‘ng esa mashinalarni o‘zga shaxslarga sotish yoki garovga berish vakolati yo‘qligini bila turib, Qozog‘istonga olib o‘tishni ta’minlagan.
Dastlabki tergovda jinoiy guruh jami 36 ta mashinani shu yo‘l orqali qozog‘istonlik shaxslarga sotib yuborgani hamda pullarni mashinalar egalariga to‘lab bermasdan, sarflab yuborgani aniqlangan.
Xususan, Anvar Mingishev hamda Baurjan Hakimbayev 6 ta mashinani (Cobalt, Monza) shu tartibda Qozog‘istonga o‘tkazib yuborgan. Mashinalarning Qozog‘istonga olib chiqib ketilgani Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi ma’lumotlari bilan tasdiqlangan.
Sudda Anvar Mingishev hamda Baurjan Hakimbayev ayblariga qisman iqrorlik bildirgan. Ularning aybi jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari bilan to‘liq tasdiqlangan.
Sud hukmi bilan Anvar Mingishev Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a, v” bandlari, 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 1-qismi va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Baurjan Hakimbayev esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 227-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari hamda 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan aybli deb topilib, 9 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Shuningdek, Anvar Mingishev va Baurjan Hakimbayevdan solidar tartibda jabrlanuvchilar foydasiga jami 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi belgilangan. Baurjan Hakimbayev nomidagi Malibu mashinasi xatlangan.
Jinoiy guruhga rahbarlik qilgan Abdulla Abdurasulov hamon qidiruvda. Oldinroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan Abdurasulov negadir qo‘yib yuborilgan. Buni kun muxbiri bilan suhbatlashgan Baurjan Hakimbayevning turmush o‘rtog‘i ham tasdiqladi.
kun Abdulla Abdurasulov tomonidan Qozog‘istonga olib chiqib ketilgan mashinalar borasida ikki qismli surishtiruv e’lon qilgandi. U mashinalarni onlayn ishonchnoma bilan bojxona chegara postidan olib o‘tib ketish holatini “Tomojniydagilar “soqqa”sini bersangiz o‘tkazib yuboraveradi, sizning ishonchnomangizga qarab o‘tirmaydi”, deya izohlagan.
2024.12.9 “Saidaziz medgorodok”ning jazo muddati uzaytirildi
“Saidaziz medgorodok”ning jazo muddati uzaytirildi
O‘zbekistonda jinoiy uyushma tashkil etish doxil og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan Saidaziz Saidaliyevga nisbatan yana bir jinoyat bo‘yicha hukm o‘qilgani ma’lum bo‘ldi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining joriy yil 29-oktyabridagi hukmiga muvofiq jamoatchilikka “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan fuqaro Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasida (tovlamachilik) ko‘zda tutilgan jinoyatning yana bir epizodida aybdor deb topilgan.
Sud hujjatida bayon qilinishicha, Saidaziz Saidaliyev Ilhom Sotvoldiyev va tergovda aniqlashning imkoni bo‘lmagan boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, 2023-yil yanvar oyida Yashnobod tumanidagi uylardan biriga borib, tadbirkor Baxtiyor Kolonovga sobiq sherigidan go‘yo 700 ming dollar qarzdor ekanini aytishgan.
Tadbirkor ularga qarshilik ko‘rsatganida “Saidazim medgorodok” va sherigi pichoq hamda to‘pponchadan foydalangan holda, pulni qaytarmasa, oilasiga jiddiy zarar yetkazib, o‘zini otib tashlashni aytib tahdid qilishgan.
Sud majlisida Saidaliyev va Sotvoldiyev aybiga iqror bo‘lmagan.
Hukmga ko‘ra, Saidaliyev jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2024-yil 5-avgustidagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talgan qismini qisman qo‘shgan holda uzil-kesil 20 yil 6 oy, Sotvoldiyev esa uzil-kesil 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Ozodlik avvalroq “Saidaziz medgorodok”ka 20 yillik qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar qilgan.
“Ko‘cha”ga aloqador deb ko‘rilgan Saidaliyev JKning 165 (tovlamachilik), 168 (firibgarlik), 242 (jinoiy uyushma tashkil etish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 211−28 (pora berishga sheriklik qilish), 277 (bezorilik) kabi moddalarida aybdor deb topilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining apellyatsiya instansiyasi joriy yil 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida unga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirgandi.
2024.9.16 В Ташкенте трое мужчин обвиняются в том, что обманом завладевали недвижимостью граждан, оформляя её на себя в качестве залога за займы. Залог превышал размер займа в 3−4 раза, а заёмщикам выдавались меньшие суммы, чем оговаривалось. Все трое помещены под стражу.
В Ташкенте задержаны трое подозреваемых в мошенничестве с недвижимостью
В Ташкенте трое мужчин обвиняются в том, что обманом завладевали недвижимостью граждан, оформляя её на себя в качестве залога за займы. Залог превышал размер займа в 3−4 раза, а заёмщикам выдавались меньшие суммы, чем оговаривалось. Все трое помещены под стражу.
В Ташкенте задержаны три человека, подозреваемые в мошенничестве с недвижимостью и займами. Они обманным путём завладевали имуществом граждан, сообщает пресс-служба ГУВД столицы.
Следственное управление при ГУВД проводит расследование по уголовному делу, возбуждённому по пункту «а» части 4 статьи 168 Уголовного кодекса Узбекистана (мошенничество в особо крупном размере). По делу проходят Сардор Роминов (1989 года рождения), Бахтиёр Юлдашев (1990) и Тимур Хусаинов (1993).
По данным следствия, подозреваемые предоставляли деньги под проценты, оформляя недвижимость должников на своё имя в качестве залога. Если долг и проценты не возвращались в срок, они выселяли владельцев вместе с семьями и присваивали имущество.
При этом стоимость залога превышала размер займа в 3−4 раза, а после оформления договоров гражданам выдавались меньшие суммы, чем было оговорено. Например, после заключения договора купли-продажи или залога вместо 100 тысяч долларов предоставлялось лишь 65−70 тысяч, остальная сумма удерживалась якобы на услуги риелтора и иные расходы. При этом заёмщиков вводили в заблуждение, обещая им уменьшить процентные выплаты и не тревожить в случае просрочки платежей.
К подозреваемым применена мера пресечения в виде заключения под стражу.
В ГУВД призвали граждан, которые могли пострадать от действий этих лиц или которые обладают информацией об их преступной деятельности, обратиться по телефонам: 71−206−40−97 или 102, либо в Telegram: 90−976−28−21. Конфиденциальность гарантируется.
—
三名房地产诈骗嫌疑人在塔什干被拘留
在塔什干,三名男子被指控以欺诈手段占有公民的房地产,并将其登记在自己的名下作为贷款抵押品。抵押品超出贷款规模3-4倍,借款人获得的金额少于约定金额。三人均被拘留。
三名涉嫌房地产和贷款欺诈的人在塔什干被拘留。据首都警察局新闻部门报道,他们以欺诈手段侵占了公民的财产。
中央内政总局调查部正在对根据乌兹别克斯坦刑法第168条第4部分“a”款提起的刑事案件(特别大规模欺诈)进行调查。萨多尔·罗米诺夫(Sardor Rominov,1989 年出生)、巴赫蒂约尔·尤尔达舍夫(Bakhtiyor Yuldashev,1990 年出生)和蒂穆尔·库赛诺夫(Timur Khusanov,1993 年出生)参与了此案。
调查显示,犯罪嫌疑人以债务人名下的房产作为抵押物,以利息提供资金。如果债务和利息不能按时偿还,他们就会驱逐业主及其家人,并侵占财产。
与此同时,抵押品的成本超出了贷款规模的3-4倍,而且合同签订后,公民获得的金额比约定的金额要少。例如,在签订买卖协议或质押后,不是10万美元,而是只提供了6.5至7万美元,其余金额据称被保留用于房地产经纪人的服务和其他费用。同时,借款人受到误导,承诺减少利息支付,并且在逾期还款的情况下不打扰他们。
对嫌疑人采取了拘留形式的预防措施。
中央内务局敦促可能遭受这些人的行为或了解其犯罪活动信息的公民联系:71-206-40-97或102,或电报:90-976-28-21。保密性得到保证。
2024.3.2 Namanganda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan 24 yoshli shaxs ushlandi
Namanganda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan 24 yoshli shaxs ushlandi
Namangan viloyatida fuqarolarga soxta havola yuborib, ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli J.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan nomaʼlum shaxs tomonidan 11,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 24 yoshli B.J. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, B.J. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi yolg‘on eʼlonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.J.ning sodir etilib fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Buxoroda o‘zganing behayo suratlarini internetda tarqatmaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan yigit ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
—
一名 24 岁男子因通过 Telegram 发送虚假链接盗用他人资金而被捕。
2024.2.29 Toshkent viloyatidagi firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Toshkent viloyatidagi firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Shovvozlardan biri fuqaroni IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
Xususan, Angren shahrida yashovchi, 1974 y.t. K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining o‘rinbosari Ch.X. mahalliy fuqaroga o‘quv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, Ch.X. muqaddam Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
—
国家安全局塔什干地区局工作人员与打击经济犯罪局合作迅速采取行动,制止了与欺诈有关的案件。
2024.2.29 Farg‘onada o‘zganing YouTube akkauntini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 17 yoshli yigit qo‘lga olindi
Farg‘onada o‘zganing YouTube akkauntini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 17 yoshli yigit qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida o‘zganing YouTube’dagi akkauntini boshqarish huquqini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘qon tumanida yashovchi 20 yoshli G‘.A. murojaat qilib, Telegram messenjerida nomaʼlum shaxs tomonidan 2,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 17 yoshli T.M. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, T.M., G‘.A. bilan Telegram’da tanishib, uning YouTube videoxostingidagi akkauntini 2,5 million so‘mga sotib olishini aytgan. U akkauntni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgandan so‘ng login va parolni o‘zgartirib, G‘.A. bilan yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uni qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b, g” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda PUBG akkauntini 17 mln so‘mga sotishini aytib, firibgarlik sodir etgan yigit aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
—
一名 17 岁男孩因欺诈性获取他人的 YouTube 帐户而在费尔干纳被捕。
2024.2.28 O`qishni xorijdan O`zbekistonga “perevod” qilishni va`da qilganlar ushlandi
O`qishni xorijdan O`zbekistonga “perevod” qilishni va`da qilganlar ushlandi
O`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departamentning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O`.N. fuqarolar D.E. va A.D.ning ishonchiga kirib, go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularning Rossiya Federasiyasi hamda qo`shni Qirg`iziston Respublikasidagi o`qishini Namangan viloyatidagi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirib berishini aytib, evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi niqlangan.
Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro M.U.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Xalqaro Innovasion universitetining 3-bosqichiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
—
承诺从国外“转学”到乌兹别克斯坦的人被抓了
2024.1.21 Двое мошенников были арестованы – ГУВД
Двое мошенников были арестованы – ГУВД
21 ЯНВАРЯ 2024
Следующие лица были арестованы по подозрению в совершении преступления в рамках уголовного дела, расследуемого по статье 168 («Мошенничество») Уголовного кодекса Республики Узбекистан Следственным отделом Ташкентского городского уголовного розыска.
- 1968 год Арипов Исматилла Рахматуллаевич
- 1980 год Арипов Улмасжон Рахматуллаевич
К подозреваемым была применена мера пресечения в виде содержания под стражей. Расследование продолжается.
Уважаемые граждане, если вы получили телесные повреждения от этих лиц или членов преступной группы, либо располагаете информацией о преступных действиях этого лица, позвоните в Ташкентский городской отдел уголовного розыска по телефонам 71-206-45-69, 71-206. -49-46 или 102 или 99-370 Обращайтесь по номеру телеграммы -73-94. Конфиденциальность личности заявителя гарантируется.
–
Фирибгарлик содир этган шахслар ушланди
Тошкент шаҳар ИИББ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 168-моддаси (“Фирибгарлик”) билан тергов қилинаётган жиноят иши доирасида қуйидаги шахслар жиноят содир этганликда гумонланиб ушланди
- 1968 й.т. Арипов Исматилла Рахматуллаевич
- 1980 й.т. Арипов Улмасжон Рахматуллаевич
гумон қилинувчиларга нисбатан қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланган. Тергов давом этмоқда.
Ҳурматли фуқаролар агар Сиз ушбу шахслардан ёки жиноий гуруҳ аъзоларидан жабр кўрган бўлсангиз ёки ушбу шахснинг жиноий хатти-ҳаракатлари бўйича маълумотларга эга бўлсангиз, Тошкент шаҳар ИИББнинг 71-206-45-69, 71-206-49-46 ёки 102 рақамларига ёхуд 99-370-73-94 телеграм рақамига мурожаат қилишингизни сўраймиз. Мурожаатчининг шахси сир сақланиши кафолатланади.
—
两名诈骗犯被捕 – 1968 阿里波夫·伊斯马蒂拉·拉赫马图拉耶维奇、1980 阿里波夫·乌尔马忠·拉赫马图拉耶维奇
发表回复