Uzbekistan! Psixotrop dori vositalari, Elektr energiyasi Talon-toroj qilish, joniga qasd, zo’ravonlik, oilaviy zo‘ravonlik 2024.12.25-2024.12.28

2024.12.28 Qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qoʻyildi

Qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qoʻyildi

Ushbu dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan.

Soʻnggi yillarda giyohvandlik vositalarining yangi turlarining paydo boʻlishi hamda ularni kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga olib kelib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar orasida tarqatilayotganligi jamiyat uchun jiddiy xavfga aylandi.

Oʻz navbatida, bunday salbiy holatlarga qarshi kurashish esa mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini yanada oshirdi.

Xususan, huquq-tartibot idoralari tomonidan koʻrilgan zarur chora-tadbirlar natijasida Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Jumladan, Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Neksiya” rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida harakatlanayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1970-y.t., muqaddam sudlangan fuqaro D.J. aniqlanib, unga tegishli 1 dona polietilen qopda boʻlgan 1037 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1778 dona “Regapen” hamda tarkibida psixotrop modda boʻlgan 500 dona “Sonnat” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda, Qirgʻiz Respublikasidan “Rishton” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, Oʻzbekiston tumanida yashovchi, 1975-y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan N.G. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda 3527 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Qoʻqon shahrida qayd etilgan holatda esa, 1988-y.t. U.X. boshqaruvidagi “BESTUNE” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning salonida 3360 dona “Regapen” va 1359 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari ham Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan.

Bunday noqonuniy harakat Toshkent shahrida ham aniqlanib, 1997-y.t. fuqaro V.J. “Oʻrikzor savdo kompleksi” MCHJ hududida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida, Qirgʻiz Respublikasidan keltirilgan, lekin, bojxona va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, tarkibida “Sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan jami 2153 dona turli xil mahsulotlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

To‘rtta hududda qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
Huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nexia avtomashinasida yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro D.J. aniqlanib, unga tegishli 1 dona polietilen qopda bo‘lgan 1037 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1778 dona “Regapen” hamda tarkibida psixotrop modda bo‘lgan 500 dona “Sonnat” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu dori vositalari Qirg‘izistondan olib kelingan.

Farg‘ona viloyatida Qirg‘iz Respublikasidan “Rishton” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan N.G. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi Unda 3527 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Qo‘qon shahrida 1988-yilda tug‘ilgan U.X. boshqaruvidagi Bestune avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Uning salonida 3360 dona “Regapen” va 1359 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari ham Qirg‘izistondan olib kelingan.

Toshkent shahrida 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro V.J. “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ hududida joylashgan savdo do‘konlaridan birida, Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan, lekin, bojxona va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan jami 2153 dona turli xil mahsulotlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani, Xorazm viloyatining Urganch shahri, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy hamda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etilgan edi.

O‘zbekistonga yil boshidan buyon 1 tonnadan ortiq giyohvand moddalar olib kirilishi oldi olingandi.

2024.12.28 Toshkent viloyatida ona o‘zining 4 yoshli qizini kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani matbuot xizmati izoh berdi.
Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra Ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanishicha, 23-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga voyaga yetmagan Y.M. (2020-yilda tug‘ilgan qiz) tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida E.Y. (1977-yilda tug‘ilgan ayol) 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlandi.
Xususan, tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB tomonidan E.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 7-qismi “b” bandi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, endilikda Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik) jinoyati bo‘yicha jabrlanuvchilar doirasiga bolalar ham kiradi.

2024.12.27 Surxondaryoda ayol 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgani aniqlandi
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Q. (erkak)ning murojaati kelib tushdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, I.Q. o‘z murojaatida oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i F.T. bilan birga yashamayotganini, hozirda turmush o‘rtog‘i tomonidan voyaga yetmagan farzandi Z.D.ga (2009-yilda tug‘ilgan, qiz bola) nisbatan bir necha marotaba jismoniy zo‘ravonlik qilinganini bildirgan.
Aniqlanishicha, ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ota bunga qaramay zo‘ravonlik yana davom etayotganini bildirib, farzandining huquqlarini himoya qilishni va turmush o‘rtog‘i F.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, Termiz shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida (sud tibbiyot ekspertizasi xulosasi asosida) ayol voyaga yetmagan farzandini urib, tan jarohati yetkazgani aniqlandi.
19-dekabr kuni ayolga Jinoyat kodeksining 126-modda 1-bandi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Avvalroq Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolagani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olindi.
Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidagi maktabda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisini urib jarohatladi. Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashgani tasvirlari tarqaldi. Algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ikki qiz o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun sudga berilgan.
Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.

2024.12.27 Namanganda 25 yoshli ayol o‘zini va ikki nafar o‘g‘lini Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi
Namangan shahar, Temir ko‘chasida yashagan 1999-yilda tug‘ilgan ayol 20-dekabr kuni o‘zini va 2021 va 2023-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandlarini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunga ayol turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan buyon birga yashab kelmayotganidan, o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli ruhiyatida bo‘lgan o‘zgarish sabab bo‘lgan.
Shu vaqtda mazkur hududdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning hayoti saqlab qolingan.
Shu kuni Namangan viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanalidan ayol o‘lik holda suvdan chiqarib olingan.
Holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (qasddan odam o‘ldirish ikki yoki undan ortiq shaxsni; aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2024.12.27 Yil boshidan buyon 71 mlrd soʻmdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Nazorat va tahlil natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Joriy yilning oʻtgan davri davomida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 71 065,1 mlrd soʻmlik 67 989,2 ming kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilindi, deya xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.
Bundan tashqari elektr energiyasi taʼminotida rejadan tashqari tekshiruv va monitoring tadbirlari natijasida 165 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 32 531,2 mlrd soʻmga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar hamda 23 635,2 mlrd soʻmdan ortiq oʻzlashtirish va talon-toroj qilish holatlari oldi olindi.
Nazorat va tahlil natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

2024.12.25 Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta oʻq-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

评论

发表回复

您的邮箱地址不会被公开。 必填项已用 * 标注