2025.3.4 Toshkentda o‘qituvchi 9 yoshli qizga shilqimlik qildi
Hozirda u sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi 24 yoshli o‘qituvchi D.M.ga o‘z o‘quvchisiga nisbatan shilqimlik harakatlarini qilgani uchun jazo tayinladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, D.M. poytaxtdagi xususiy taʼlim markazlaridan birida chizmachilik o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. U mashg‘ulotlar davomida 9 yoshli qizga bir necha marotaba shahvoniy shilqimlik qilgan. Qiz bu haqida onasiga aytib berganidan so‘ng, ona o‘qituvchi ustidan ariza yozgan.
Sud erkakni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topib, 5 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tay
2025.3.3 Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi
Oqibatda salkam 2 mlrd zarar yetkazilgan.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi “Besholish” soyidan 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ko‘chirilishi aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu yer maydonida ko‘p yillik qimmatbaho daraxtlar mavjudligiga qaramasdan, 2025-yil 22-yanvarda Quvasoy shahar hokimi tomonidan auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan.
Shuningdek, ushbu yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan savdo do‘konlari, supermarketlar, restoranlar qurish loyihasini amalga oshirish va auksion savdolariga chiqarish maqsadida yer maydoni 2 ta lotga bo‘lingan holda “ERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.
Kelishish jarayonida Quvasoy shahar ekologiya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-fevralda “ERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘p yillik daraxtlar mavjud bo‘lganligi sababli ushbu yer maydonida loyihani amalga oshirish mumkin emasligi ko‘rsatilgan va rad javobi berilgan.
Shunga qaramasdan, Quvasoy shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. N.М.ning topshirig‘iga asosan 11–14-fevral kunlari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 270 tup (sasna, kashtan, katalpa, Yapon saforasi, tut, aylant) daraxt 16 ta joyga noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tqazilgan va 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud qilingan.
Shuningdek, hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan.
Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirish natijasida tabiatga umumiy 1 mlrd 829 mln 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.
2025.3.1 Toshkentda fuqaro gaz portlatib joniga qasd qildi
Hozirda hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa tafsilotlarini e’lon qildi.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borishgan. Ma’lum bo‘lishicha, 9-qavatdagi xonadonda gaz chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 16:07 da o‘chirilgan.
Qutqaruvchilar olti nafar fuqaro hayotini saqlab qolib, ularni tez tibbiy yordam xizmatiga topshirishgan. Hozirda jabrlanganlarning ahvoli o‘rganilmoqda.
Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, yong‘in xonadon egasining gaz plitasini yoqib o‘z joniga qasd qilishga uringani natijasida yuzaga kelgan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng fuqaro 9-qavatdan pastga sakrab joniga qasd qilgan.
发表回复